Yangiliklar

.

Xorazm viloyatida 30 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda

18-iyun 2026-yil
image

Mazkur loyihalar natijasida 11 ta umumta’lim maktabida qo‘shimcha 3 386 ta o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

 

2026-yilda Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarida bolalar va pedagoglar uchun zamonaviy, xavfsiz hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda investitsiya va boshqa dasturlar doirasida 23 ta umumta’lim maktabi, 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 1 ta Pedagogik mahorat markazida, jami 30 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyihalar natijasida 11 ta umumta’lim maktabida qo‘shimcha 3 386 ta o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi.

Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun jami 217,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 2026-yil 1-iyun holatiga 151,3 milliard so‘mlik, ya’ni umumiy ishlar hajmining 69 foizi bajarildi.

Shuningdek, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida yana 25 ta umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish va yangilanish ishlari yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi hamda kelajakda yuksak marralarni zabt etishi uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb