Yangiliklar

.

Bilimi va salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

19-iyun 2026-yil
image

Joriy o‘quv yilida Urganch shahridagi 48 ta umumta’lim maktabini 3 417 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi.

 

 Urganch shahrida umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallar bilan tamomlagan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Urganch shahridagi 48 ta umumta’lim maktabini 3 417 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasida bilim va intilishi bilan ajralib turgan 146 nafar bitiruvchi oltin medal, 21 nafar bitiruvchi esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida bitiruvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ezgu tilaklar bildirildi.

 Ushbu yutuqlar yoshlarning izchil mehnati, ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari hamda ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb