Yangiliklar
Yangibozor tumanida “Yosh iqtidorlar festivali” o‘tkazildi
22-iyun 2026-yil
Festival davomida ishtirokchilar qo‘shiqchilik, raqs, badiiy ijod, sahna ko‘rinishlari hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yangibozor tumanida yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yosh iqtidorlar festivali” tashkil etildi.
Festival davomida ishtirokchilar qo‘shiqchilik, raqs, badiiy ijod, sahna ko‘rinishlari hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni san’at va madaniyatga keng jalb qilish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Festival yakunida faol va iste’dodli yoshlar Yangibozor tumani hokimi Alisher Masharipov tomonidan munosib taqdirlandi.
Mazkur festival yoshlarning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.