Yangiliklar

.

Shovot tumanida bitiruvchilarga kasbiy ta’lim sertifikatlari topshirildi

23-iyun 2026-yil
image

Bitiruvchilar “Kompyuter operatori” va “Tikuvchilik” yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallab, kasbiy ta’lim dasturlarini yakunladilar.

 

2026-yil 22-iyun kuni Xorazm viloyati Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-sinf bitiruvchilariga kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruvchilar “Kompyuter operatori” va “Tikuvchilik” yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallab, kasbiy ta’lim dasturlarini yakunladilar.

Tadbir davomida bitiruvchilarga kasbiy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Marosimda Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Q. Babajonov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi hamda ularning kelgusidagi ta’lim va mehnat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Kasbiy ta’lim dasturlarining umumta’lim maktablarida joriy etilishi o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarni egallashi, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishi hamda mustaqil hayotga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, bitiruvchilar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb