Yangiliklar
Shovot tumanida pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali bo‘lib o‘tdi
24-iyun 2026-yil
Mazkur festival maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda tarbiyalanuvchilarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi.
Shovot tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalari o‘rtasida **“O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali”**ning tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Festival davomida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda didaktik o‘yinlar orqali o‘zlarining ilg‘or tajribalarini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va ijodiy ruhda o‘tib, jamoalarning kasbiy mahorati, kreativ fikrlashi hamda yangicha yondashuvlari yuksak baholandi.
Mazkur festival maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda tarbiyalanuvchilarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi.
Tadbir yakunida festivalda faol ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorlik bildirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.