Yangiliklar

.

Xorazm viloyatidagi “Jasorat maktablari”ga qabul uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

1-iyul 2026-yil
image

Joriy o‘quv yili uchun viloyat bo‘yicha 338 ta qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, mazkur o‘rinlar uchun 1 869 nafar talabgor hujjat topshirgan.

 

2026–2027-o‘quv yili uchun Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 13 ta “Jasorat maktabi”ga qabul jarayonining navbatdagi muhim bosqichi — test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy o‘quv yili uchun viloyat bo‘yicha 338 ta qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, mazkur o‘rinlar uchun 1 869 nafar talabgor hujjat topshirgan.

Test sinovlari davomida nomzodlarning bilim darajasi va intellektual salohiyati belgilangan mezonlar asosida xolisona baholanmoqda. Sinov natijalariga ko‘ra eng munosib nomzodlar qabulning keyingi bosqichlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

“Jasorat maktablari”ga qabul jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb